
O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi faoliyati.
- institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejasidagi fanlaring o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda, fakultetlar va kafedralaring o‘quv va uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda tegishli takliflar tayyorlaydi;
- Rektor va Kengash yig‘ilishlari kun tartibiga sohaga tegishli dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritadi hamda bu borada ma’lumotlarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
- O‘quv-uslubiy boshqarmada tayyorlanayotgan hujjatlami institut bo‘lim boshliqlari hamda dekanlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
- institut ilmiy-uslubiy Kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga oid masalalami
tayyorlaydi;
- o‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha fakultet va kafedralar o‘quv-uslubiy Kengash rahbarlari seminarlarini tashkil qiladi;
- institut a’zo bo‘lgan Muvofiqlashtirish soha kengashi faoliyatida (majlislarida) ishtirok etadi;
- professor-o‘qituvchilaring mutaxassislik, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha tegishli muddatlarda malaka oshirish rejalarini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi;
- akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarida yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarining (darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va boshqalar) ekspertizasini tashkil etadi va chop etishga ruxsatnoma berilishini ta’minlaydi;
- institut bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlar ro‘yxatini, nashr etish rejasini shakllantiradi;
- institutda eng yaxshi o‘quv adabiyotlari yillik tanlovlarini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi;
- institut bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni tashkil qiladi;
- belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha institutda “Eng yaxshi pedagog” tanlovini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi;
- Ilmiy-uslubiy kengashlarga tegishli ma’lumotlami tayyorlaydi;
- pedagog kadrlar va rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishjarayonini tashkil etadi, hujjatlami tayyorlaydi, jarayonni nazorat qiladi;
- o‘quv reja va o‘quv dastur(sillabus)laring tuzilishini va tayyorlanishini nazorat qiladi;
- institutda masofaviy ta’lim shakli uchun tayyorlangan kontentlaring fanning o‘quv dasturiga mosligi, elektron platformaga kiritilganligini tahlil qiladi;
- institut fakulteti dekanatlaridagi o‘quv-me’yoriy hujjatlaming yuritilishini nazorat qiladi;
- sifat nazorati hay’ati orqali o‘quv mashg‘ulotlarining sifat darajasini oshirishga erishish, yosh pedagog kadrlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
- institutda fakultet va kafedralari bilan hamkorlikda o‘quv- me’yoriy hujjatlami ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi;
- o‘quv-uslubiy jarayon bo‘yicha prorektor va boshqarma boshlig‘ining tegishli topshiriqlarini bajaradi.