Ta'lim jarayonini tashkil etish bo'limi

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi (kunduzgi, dual, kechki, sirtqi, masofaviy, muqobil ta’lim) vazifalari:

             - institutda kunduzgi va muqobil ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;

  • institutda semestr yakunlari bo‘yicha fanlardan o‘tkaziladigan yakuniy nazoratlaming o‘tkazilishini tashkil etadi, nazorat qiladi hamda mas’ul bo‘limlar bilan hamkorlikda yakuniy nazorat ishlarining tekshirilishi yuzasidan shaffoflikni ta’minlaydi;
  • institutda o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini tatbiq qilinishini, kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;
  • institutda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalaming bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqqa tavsiya etadi;
  • institutda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
  • institutda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilaming o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etilishini ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi;
  • institut kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda kunduzgi muqobil ta’lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qiladi;
  • institutda kunduzgi va muqobil ta’limni metodik ta’minlash bo'limining muassasadagi boshqa tuzilmalar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.