Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari

Namangan davlat chet tillari instituti Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Institutning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim jarayonini axborot-resurslari bilan ta’minlash, professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;

- Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy asarlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, davriy nashrlar hamda elektron resurslar bilan muntazam boyitib borish;

- Kutubxona fondini shakllantirish, mavjud adabiyotlarni hisobga olish, saqlash, tizimlashtirish, kataloglashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

- Institutning ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlariga muvofiq zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish, mavjud ehtiyojlarni aniqlash hamda fondni to‘ldirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, adabiyotlarni berish va qaytarib olish ishlarini tashkil etish, kutubxona qatnovi hamda kitobxonlik faolligini hisobga olib borish;

- Axborot-resurs markazida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron katalog, elektron kutubxona va boshqa axborot tizimlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

- Professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy izlanuvchilarga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, mustaqil ta’lim olish hamda o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur axborot va bibliografik xizmatlarni ko‘rsatish;

- Kutubxona fondidagi adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumot berish, bibliografik ko‘rsatkichlar, tavsiya ro‘yxatlari va mavzuli adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlash hamda foydalanuvchilarga metodik yordam ko‘rsatish;

- Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

 

- Kitobxonlik klublari, kitob taqdimotlari, adabiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish;

- O‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari, atoqli mutafakkirlar, yozuvchi va shoirlar hayoti hamda ijodini targ‘ib qilish, muhim tarixiy sanalar va bayramlarga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmalari hamda ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish;

- Institutda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni axborot bilan ta’minlash, tegishli kafedralar, fakultetlar va tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

- Kutubxona fondidagi adabiyotlarning saqlanishi, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, kitoblarning o‘z vaqtida qaytarilishi hamda moddiy boyliklarning butligini nazorat qilish;

- Axborot-resurs markazida mavjud adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, eskirgan va foydalanishga yaroqsiz adabiyotlarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda fond holatini muntazam tahlil qilish;

- Kutubxona faoliyatiga oid hisobotlar, ma’lumotnomalar, dalolatnomalar, bildirishnomalar va boshqa xizmat hujjatlarini belgilangan tartibda tayyorlash hamda yuritish;

- Axborot-resurs markazi faoliyati samaradorligini oshirish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, kutubxona fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- Respublika va xorijiy axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni institut Axborot-resurs markazi faoliyatiga tatbiq etish;

- Axborot-resurs markazi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, zamonaviy kutubxonachilik usullari va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- Axborot-resurs markazi faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari, tegishli me’yoriy hujjatlar, institut ichki tartib-qoidalari va rahbariyat topshiriqlari ijrosini ta’minlash;

 

- Institut rahbariyatiga Axborot-resurs markazi faoliyati, kitob fondi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, o‘tkazilgan tadbirlar va mavjud muammolar yuzasidan muntazam axborot hamda hisobotlar taqdim etish.