Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi

 Iqtidorli talabalarni aniqlash, yo‘nalishiga muvofiq maqsadli tayyorlashni tashkil etish hamda ular faoliyatini rivojlantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish.

❖ Talabalar ilmiy jamiyati faoliyatini tashkillashtirish va rivojlantirish.

❖ Iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish.

❖Iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlari hamda kafedralarda faoliyat olib borayotgan to‘garaklarda doimiy ishtirokini ta’minlash.

❖ Universitetda o‘tkaziladigan umumta’lim va mutaxassislik fanlari bo‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining birinchi hamda yakuniy bosqichlarini sifatli o‘tkazilishini tashkil etish.

❖ Iqtidorli yoshlarni xalqaro va respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman, seminar, simpozimlar va fan olimpiadalarida doimiy ishtirokini ta’minlash.

❖ Iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga, iqtidorli yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi turli xil davlat, chet el grantlariga tavsiya qilish hamda ishtirokini ta’minlash.

❖ Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida iqtidorli talabalarni ta’lim olishiga tavsiyalar berish.

❖ Iqtidorli yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sosiologik tadqiqotlar o‘tkazib borish.

❖ Kafedralarda professor-o‘qituvchilar tomonidan kunning ikkinchi yarmida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash.

❖ O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish.

❖ Universitetda ixtirochi yoshlar maktabi hamda kichik akademiya faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish.

❖ Har yili bakalavr talabalari uchun «Eng yaxshi malakaviy bitiruv ishi» va magistratura bosqichi talabalari uchun «Eng yaxshi magistrlik dissertasiyasi» ko‘riktanlovlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish.

❖ Iqtidorli yoshlarga ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha EHM uchun dasturiy mahsulotlarni, ixtiro uchun patent xujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘maklashish.