TEXNIK VOSITALARI BO’LIMI BOSHLIG’I LAVOZIM VAZIFASI:
Ta’limning texnik vositalari bo’limi vazifalari: o’quv jixozlari (kompyuter,orgtexnika,audio va video)lar bo’yicha texnikalarni ro’yxatlash, uch tomonlama shartnoma va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 341-342 moddalari talablari asosida foydalanuvchiga tovar moddiy boyliklarni va moddiy javobgarlikni o’z zimmasiga olishni ta’minlaydi. Agar foydalanuvchi boshqa ishga o’tsa yoki ishdan ozod etilsa zimmasidagi texnikalarni mutaxassis ishtirokida tekshirib tegishli bo’limga topshiradi.O’quv jixozlari bo’yicha muxandis mutaxassislar bilan birgalikda qabul qilib oladi va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Hisobida turuvchi texnikalarni harakati va qoldiqlari hisobini yuritadi, har oy yakuni boʻyicha belgilangan tartibda hisobot tuzib hisobxonaga topshirib boradi.Oʻzining hisobida boʻlgan texnikalarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etadi. Foydalanuvchi boshqa ishga o’tsa yoki ishdan ozod etilsa zimmasidagi texnikalarni mutaxassis ishtirokida topshiradi (yoki yangi tayinlangan shaxsga foydalanish uchun hujjatlar rasmiylashtiriladi).Tegishli tartibda topshirish-qabul qilish nomi bilan dalolatnoma rasmiylashtiradi.