Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

- universitetda "Korrupsiyasiz soha" loyixasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga karatilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurash "Komplaens nazorat" tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;

- universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniklash;

- universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;

- universitetda korrupsiyaga oid hukuqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

- universitetda korrupsiyaga karshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilgor jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadkiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;

- universitet huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga karshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiklashtirish.

Bo‘limning xuquqlari va javobgarligi

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi hukuqlarga ega:

- universitet va uning huzuridagi akademik litseyga ishga qabul qilish, xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestasiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;

- universitet hamda uning huzuridagi akademik litseyning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish;

- xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida oliy ta’lim muassasasi xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur hollarda ishchi guruhlar tashkil etish;

- universitet Kengashi majlisi yigilishlarida ishtirok etish;

- universitet Rektoriga komplaens nazorat va korrupsiyaga karshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritish;

- vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish, xujjatlarni talab qilish, universitetning professor-o‘qituvchilari, boshkaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘kuv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar,   mustaqil  izlanuvchilar)dan   yozma   tushuntirishlar   olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

- o‘z faoliyati doirasida oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmalariga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berish;

- bo‘lim qonun hujjatlariga muvofik boshka huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.