Devonxona va arxiv bo`limi

Boboyeva Muxarram Toxirovna

Bo‘lim vazifalari:

  • Institutda ish yuritish jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish va muvofiqlashtirish.
  • Institutga kelib tushadigan hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularni tegishli rahbarlar hamda tarkibiy bo‘linmalarga yo‘naltirish.
  • Institut rahbariyati tomonidan imzolangan buyruq, farmoyish, xat va boshqa hujjatlarning tegishli ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash.
  • Hujjatlarni yig‘majildlarga shakllantirish, saqlash va arxivga topshirishga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish.
  • Institut hujjatlari nomenklaturasini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil etishda ishtirok etish.
  • Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlarini tegishli talablar asosida tashkil etish.
  • Bo‘lim faoliyatiga oid ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish.

Ish yuritish va arxiv faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik hamda ichki me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash