Oliy ta`lim muassasasi kengash kotibi

KENGASHI KOTIBINING LAVOZIM VAZIFASI:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;

Vazirliklar va yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʻrsatlamalari, institut kengashi qarorlari hamda institut rektorining institut Kengashi faoliyatiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish;

Institut Kengashi yig‘ilishlarini tashkil etish;

Kengash yig‘ilishi bayonlarini rasmiylashtirish;

Yig‘ilish qarorlari ishrosini ustidan nazoratni amalga oshirish;

Ilmiy unvonlarga talabgor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish;

Kafedralardagi vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlovlarni tashkil etish va Kengash yig‘ilishida muhokamasiga kiritadi.

Institut rektori huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bayonnomalarini rasmiylashtirish;

Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

fakultet va kafedralar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.