Lavozimi vazifalari:
OTMning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shtatlar daromadlar va xarajatlar smetalarini amaldagi normativ hujjatlariga mos ravishda shakllantirilishida bevosita qatnashish hamda ijrosini nazorat qilish;
mehnatga xaq to‘lash jamg‘armasini to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, smeta-shtat, kassa va to‘lov intizomiga rioya etilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, stipendiya, xizmat safari to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini birlamchi hujjatlar va UzASBO dasturiy ta’minoti orqali doimiy monitoring qilish;
OTM ehtiyoji uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tovar
(ish, xizmat)larni xarid qilinishi, tender (tanlov) savdolari o‘tkazilishini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlarida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilish va imzolangan shartnomalar bo‘yicha shartlarning bajarilishini nazorat qilish;
yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklarning asosliligini o‘rganish va bartaraf etish chorasini ko‘rish;
OTMda hamda uning omborxonasidagi mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar hamda boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini o‘tkazish jarayonlarida faol ishtirok etish, shuningdek ularni amaldagi normativ hujjatlarga mos ravishda tashkil etilishini ta’minlash;
tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining inventarizatsiyasi natijasida yoki boshqa nazorat va monitoring tadbirlari natijasida aniqlangan kamomadlar va ortiqchaliklarni o‘rnatilgan tartibda kirim qilinishini ta’minlash;
kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-taroj qilinishi holatlarini tahlil qilish va oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish;
OTMda korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarini olib borish;
manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan korrupsion holatlar bo‘yicha OTM rektoriga zudlik bilan xabar berish;
o‘tkaziladigan o‘rganish va profilaktika tadbirlari jarayonida odob-axloq va xizmat qoidalari talablariga qat’iy rioya etish.
OTMda asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet, smeta-shtat intizomini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan foydalanish, tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida OTM rektoriga (yozma) tavsiyalar beradi.
Bilishi lozim:
Bosh auditor o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni, boshqa tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligibuyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasi rektorining buyruqlarini, moliya hamda nazorat taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususida uslubiy, me’yoriy hamda boshqa rahbariy hujjatlarni.
Malaka talablari:
- OTMsida buxgalteriya hisobini tashkil etishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, uni yuritish qoidalarini, jarayonlarini rasmiylashtirish hamda hisob sohalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini;
- pul mablag‘larini tovar moddiy boyliklar hamda boshqa boyliklarni qabul qilib olib, kirim qilish, saqlash va sarflash tartibini;
- oliy ma’lumotga ega bo‘lishi
debitorlar va kreditorlar bilan qilinadigan hisob-kitoblar pul mablag‘larini hisobdan o‘tkazish qoidalarini bilishi zarur.