Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo`limi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi to‘g‘risida
Umumiy qoidalar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi institutda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, tegishli vazirlikning buyruq va topshiriqlari, shuningdek, institut rektorining buyruq va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, ijro intizomi holatini monitoring qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish va muvofiqlashtirishdan iborat.
Bo‘lim o‘z faoliyati davomida institutning tarkibiy bo‘linmalarida topshiriqlar ijrosining holatini o‘rganadi, mavjud kamchiliklarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi, tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlaydi hamda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, tegishli vazirlikning buyruq va topshiriqlari hamda institut rektori buyruqlari ijrosini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
institutga kelib tushgan topshiriq va hujjatlarning belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, mas’ul ijrochilarga yetkazilishi va ijro muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularning o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq hal etilishini nazorat qilish;
murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va natijalarini monitoring qilish;
institutning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holatini muntazam o‘rganish, tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
belgilangan muddatlarda bajarilmagan yoki ijrosi ta’minlanmagan topshiriqlar yuzasidan mas’ul ijrochilardan tegishli tushuntirish va ma’lumotlarni olish hamda institut rahbariyatiga axborot kiritish;
ijro intizomiga oid ma’lumotlarni umumlashtirish, tahliliy ma’lumotnomalar, hisobotlar va axborot materiallarini tayyorlash;
topshiriqlar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda tegishli vazirlik va boshqa vakolatli tashkilotlarga ma’lumotlar taqdim etilishini nazorat qilish;
institut rektori topshiriqlari va buyruqlari ijrosining holati yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda natijalari bo‘yicha rahbariyatga axborot berish;
har chorak yakunlari bo‘yicha topshiriqlar ijrosi va ijro intizomi holatini tahlil qilish, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
institutning Ilmiy kengashi, rektorat yig‘ilishlari va boshqa ishchi yig‘ilishlari uchun ijro intizomi hamda topshiriqlar bajarilishi holatiga oid tahliliy materiallar tayyorlash;
elektron hujjat aylanishi va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish tizimlaridan samarali foydalanilishini, tegishli ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi va yangilanishini nazorat qilish;
tarkibiy bo‘linmalarga topshiriqlar ijrosini tashkil etish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ijro intizomiga rioya qilish masalalari bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;
topshiriqlar ijrosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
bo‘lim faoliyatiga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar va rahbariyat topshiriqlari talablarining bajarilishini ta’minlash.
Huquq va majburiyatlari
Institutning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lim faoliyatiga taalluqli hujjatlar, ma’lumotlar, hisobotlar va boshqa zarur materiallarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan fakultetlar, kafedralar, bo‘limlar va boshqa tarkibiy tuzilmalardan axborot olish;