Magistratura bölimi

- Institutda magistratura ta’lim dasturlarini amaldagi kasbiy standartlar, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” hamda magistratura ta’lim dasturlari (malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, sillabuslar) va boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlar asosida amalga oshirilishini tashkil etish va boshqarish;

- Institutda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv jarayoni jadvallarini shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda fakultetlar, kafedralar va tegishli tarkibiy tuzilmalarning magistratura ta’limi bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish, sohaga oid qonunchilik hujjatlari va idoraviy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

- Magistratura ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik, raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;

- Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali, mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borish va kasbiy faoliyatni amalga oshirish kompetensiyalariga ega mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy talablar hamda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan o‘qitish usullarini tatbiq etish;

- Magistratura o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy hujjatlarini tayyorlashda kasbiy standartlar, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablariga rioya etilishini ta’minlash;

- Magistrantlarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish va tizimli monitoringini amalga oshirish;

- Magistrantlarning individual o‘quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, stajirovkalar va magistrlik dissertatsiyalarini bajarish jarayonini monitoring qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda semestr va o‘quv yili yakunlari bo‘yicha institut Kengashi muhokamasiga kiritish;

- Masofaviy va dual ta’lim shakllarida magistrantlarning o‘quv modullarini o‘z vaqtida va sifatli o‘zlashtirishi, mashg‘ulotlardagi ishtiroki hamda belgilangan o‘quv topshiriqlarini bajarishini monitoring qilish;

- Magistratura ta’limiga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlarning pedagogik hamda ilmiy faoliyati, ta’lim sifati va samaradorligini tahlil qilish, baholash, ularning kasbiy va pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

- Magistrantlar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonlarini muvofiqlashtirish, oraliq va yakuniy nazoratlar hamda yakuniy attestatsiya jarayonlarining belgilangan tartibda tashkil etilishini nazorat qilish;

- Registrator ofisi bilan hamkorlikda fakultetlar va tegishli tarkibiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida magistrantlar kontingentini mutaxassisliklar, fakultetlar va ta’lim shakllari kesimida shakllantirish, umumiy hisobini yuritish hamda tegishli statistik ma’lumotlarni tayyorlash;

- Magistratura ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yangi avlod darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-uslubiy adabiyotlarning yaratilishi, yangilanishi hamda o‘quv jarayoniga joriy etilishini monitoring qilish va tegishli takliflar ishlab chiqish;

- Institutda magistratura ta’lim dasturlarini amalga oshirishning metodik ta’minotini tahlil qilish, kafedralar va professor-o‘qituvchilarga o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;

- Magistratura ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, magistrantlar va ilmiy rahbarlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tarkibiy tuzilmalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan lokal me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;

- Xalqaro aloqalarga mas’ul tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda magistrantlarning akademik mobilligini ta’minlash, ularning xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xalqaro ilmiy markazlarda ta’lim olishi, stajirovka o‘tashi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishi bo‘yicha hamkorlik takliflarini ishlab chiqish;

- Magistratura ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ish beruvchilarni jalb etish, magistrantlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ilmiy ishlanmalarining amaliy ahamiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;

- Magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini oshirish, ilmiy maqolalar tayyorlashi, ilmiy konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etishi, ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalarni amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash;

- Magistratura ta’limi sifatini oshirish, ta’lim dasturlarining samaradorligini baholash, magistrantlar va bitiruvchilar faoliyatiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

- Magistratura bo‘yicha hisobotlarni, tahliliy ma’lumotlarni va statistik ko‘rsatkichlarni tayyorlash, magistrantlarning o‘qishni tamomlashi, magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilishi va bitiruvchilarning keyingi ilmiy hamda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni umumlashtirish;

- Magistratura ta’limini tashkil etish va boshqarishga oid qonunchilik hujjatlari, vakolatli davlat organlarining qarorlari va buyruqlari hamda institut rahbariyatining topshiriqlari ijrosini ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirish.