
TALABALAR AMALIYOTI BO'LIMI VAZIFALARI
- bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
- bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- bo‘limning maqsadidan kelib chiqib oliy ta’lim tashkilotida mutasaddi bo‘lgan bo‘linma va kafedralar, professor-o‘qituvchilar bilan dasturlarni ko‘rib chiqish, amaliyotchi-rahbarlar bilan ish olib borish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
- ta’limga oid qonunchilik hujjatlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari, yo‘riqnoma xat va telefonogrammalarini, shuningdek, oliy ta’lim tashkiloti rektori buyruqlarini fakultetlar, kafedralar, tegishli bo‘limlarda bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi;
- bo‘lim xodimlarining xizmat vazifalarini taqsimlash, ularga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishini, oliy ta’lim tashkilotining ichki nizomi va tartib qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi;
- shahar va tuman hokimliklari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari yordamida korxona, tashkilot, firmalar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilishini ta’minlaydi;
- oliy ta’lim tashkilotida kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi;
- amaliyotlarni joyiga chiqqan holda o‘rganadi va nazoratni amalga oshiradi;
- korxona va tashkilotlarga amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin malaka amaliyotiga yuborilayotgan talabalar ro‘yxatini taqdim etilishini nazorat qiladi;
- korxonalar va tashkilotlarga amaliyotchi-talabalarni amaliyot o‘tkazish rejasiga muvofiq yuborilayotgan rahbarlariga o‘z vaqtida uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- amaliyot rahbarlari sifatida malakali professor-o‘qituvchilar ajratilishini nazoratga oladi;
- korxonalar va tashkilotlarda ulardagi mutaxassislar bilan amaliyot o‘tkazishga doir ma’ruzalar, ekskursiyalar, shu korxonalar bazasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni tashkil etish rejasini tuzib chiqadi;
- odob-axloq, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tushuntirish ishlarini nazorat qilish, shuningdek, amaliyotchi-talabalarni amaliyot davrini to‘liq monitoringini amalga oshiradi;
- talabalarning korxonalar ishchi xizmatchilari uchun belgilab qo‘yilgan ichki tartib qoidalarga mehnat intizomiga qat’iy rioya etishlarini ta’minlaydi;
- korxona va tashkilotlar tomonidan amaliyot rahbarlariga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- kelgusi o‘quv yili uchun malakaviy amaliyotga qabul qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish va malakaviy amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalarga malakaviy amaliyoti reja-jadvali hamda dasturini taqdim etadi;
- ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakaviy amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantiradi;
- oliy ta’lim tashkiloti Kengashiga malakaviy amaliyotlarning o‘tkazilishi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar, malakaviy amaliyot jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, muhokamaga olib chiqadi va hisobot beradi.