Telefon :
93-776-63-34
Til va tarjima fakulteti 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lsada institutda xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar 2022-yildan beri Jahon tillar fakulteti tarkibida tayyorlanib kelinadi.
Bugungi kunda fakultetni pedagogika fanlari doktori (DSc) S.A.Misirov boshqaradi.
Fakultet asosan ingliz, rus tillari shuningdek, gid hamrohligi, turizm va tarjima nazariyalari bo‘yicha bakalavr mutaxassislari tayyorlaydi. Namangan viloyati ta’lim muassasalarini xorijiy til mutaxassislari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari fakultet iqtidorli talabalari va bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda tarjimon-referent va gid-tarjimonlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar.
Fakultet professor o‘qituvchilari va bitiruvchilari. Xorjiy tilllarni o‘qitish metodikasi, qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradilar.
Fakultetning 26 nafar professor-o‘qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarini o‘tagan.
Fakultetda 4 nafar fan doktori professor, 18 nafar falsafa doktori (PhD), dotsent, 28 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi.
Professor-o‘qituvchilarning 92 foizi xorijiy tillar bo‘yicha S1 sertifikatiga ega.
MISSIYA VA QADRIYATLAR
Fakultetning ta’lim sohasidagi asosiy maqsadlari til o‘rganish va o‘qitishni rivojlantirish va shu orqali madaniy xabardorlikni oshirish hamda hozirgi globallashuv zamonida kadrlarning til sohasida kerakli bo‘lgan zaruriy til ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;
Shuningdek til ko‘nikmalarini izchil o‘qitish orqali sohada innovatsion va muqobil til o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, hozirgi dunyo hamjamiyatining til o‘qitish va o‘rganish sohasida duch kelayotgan muammolarga zamonaviy yechimlar topish;
Chuqur malakali tilshunoslarni yetishitirish orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlash va madaniy almashinuvlarda faol ishtirokchiga aylanish, jamiyatga til xizmatlari, diplomatik jarayonlar va boshqaruv, hamkorlik sohalarida tarjimonlarga bo‘lgan ehtiyojlarni ta’minlashdan iborat.
Ta’lim yo‘nalishlari va dasturlar
Fakultet taklif etadigan bakalaviat yo‘nalishlari:
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil
60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) – 4 yil
61010100-Turizm va mehmondo‘stlik – 3 yil
60130100-Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili - 4 yil
60110800-Ona tili va adabiyoti: rus tili – 4 yil
Fakultetda Ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikat olish uchun til o‘quv kurslari va “Tarjima va taxrir xizmati” markazi faoliyat olib boradi.
Talabalar uchun ma’lumotlar
Talabalar uchun AQSH, Rossiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar grantlari e’lon qilinadi.
Institut tomonidan iqtidorli talabalar, ijtimoiy yordamga muxtoj talabalar muntazam moliyaviy rag‘batlantiriladi. Talabalarning ijara pullarining bir qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Fakultet talabalari Namangan viloyati va respublikaning boshqa viloyatlarida maktabgacha ta’lim, o‘rta maktablar, professional ta’lim muassasalari, davlat oliy ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari, turistik kompaniyalar va mexmonxonalarda amaliyot o‘taydilar
Infrastruktura va resurslar
Fakultetning barcha o‘quv auditoriyalari proyektor va smart doskalar bilan jihozlangan bo‘lib darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.
Tadbirlar va faoliyat
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun “iLinguist”, “Academic writing”, “Speaking club”, “Book club”, “English club” , “Research club” to‘garaklari hamda “Ibrat kitobxoni”, shaxmat va shashka loyihalari faoliyat ko‘rsatadi.
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Yangiobod” MFY, Saodat ko‘chasi, 28-uy
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Yangiobod” MFY, Saodat ko‘chasi, 28-uy