Navoiyda oliygoh hisobchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bosh hisobchisi o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, universitetga jami 448,6 mln. so‘mlik o‘quv va laboratoriya jihozlarini yetkazib berish xizmatini ko‘rsatgan MCHJ mas’ullaridan ushbu uskunalar yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi hisob-fakturalarni tasdiqlab berish evaziga 15 mln. so‘m va 1900 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tarzida olganligi aniqlangan.
Hozirda IJQK Departamenti Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda