IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 12 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.